“Never split the difference” kitob sharhi

Darkhonbek Mamataliev
2 min readJan 11, 2022

--

Ushbu kitob muzokaralar olib borish haqida. U menga $25,000 ko’proq oylik savdolashishga yordam berdi.

Kitob sobiq FBI agenti Kris Voss tomonidan yozilgan. FBI`dagi faoliyati davomida Kris garovga olingan odamlarni ozod qilish uchun jinoyatchilar bilan muzokaralar olib borgan. Kris kitobida muzokaralar olib borish usullari haqida gapirib beradi. Ushbu uslublarni ko’plab vaziyatlarda ishlatsa bo’ladi: oylikni oshirish, bozorda savdolashish, moshina narxini kelishish.

Hayotiy misollar

Men ushbu kitobdagi usullarni hayotimda ishlatib kelaman. Misollar:

  • Yillik oyligimni $25,000 ga oshirdim.
  • Mototsikl sotib olganimda narxini 9% ga tushurdim.

Qisqa maslahatlar

  • Narxlarda har doim toq sonli raqamlarni ishlating.
    Misollar: $100 emas, $101 ga soting; $70 emas $67 taklif qiling. Qarshi tomon bu narxni aniq hisob kitob qilgansiz deb o’ylaydi.
  • Shoshilinch hissini yarating. Odam shoshilganda o’zi uchun eng yaxshi qaror qabul qilmaydi.
    Qoidaning teskarisi — sizni shoshiltirishganda qaror qabul qilmang. Shoshmang.
  • Yo’qotish hissini yarating. Qarshi tomonga kelishuv sodir bo’lmasa ular nima yo’qotishini qayta va qayta ayting. Odamlar foyda olishdan ko’ra yo’qotishdan qochish uchun ko’proq tavakkal qiladilar. Buning psixologik atamasi “loss aversion bias”.
  • Akkerman qoidasi — 65, 85, 95 100. Bermoqchi bo’lgan narxingizni hisoblang. O’sha narxdan avval 65% taklif qiling. So’ng 85%, 95% va oxiri 100%. Misol uchun $150 narsa/xizmatni $100 ga olmoqchisiz. Avval $65 taklif qiling. Son’g $85. Son’g $95. Va nihoyat $100.
    Ba’zi holatlarga to’g’ri kelmaydi.
  • Tajriba orttiring. Bozorga chiqib kartoshka narxini savdolashing. Eng zo’r maslahat shu.

Kitobda menga yoqqan narsalar

  • Har bir usulga hayotiy misol keltirilgan.
  • Har bir bobning oxirida o’tilgan usullar bo’yicha qisqacha bayon yozilgan. Kitobning so’ngida esa muzokaralarga tayyorlanish uchun 5 qadamli ko’rsatmalar yozilgan.
  • Xar-xil darajali uslublar keltirilgan. Ba’zilari juda oson — hozirdanoq ishlatib ketsa bo’ladi. Boshqalari esa mashq qilishni talab etadi.

Yoqmagan narsalar

  • Kitob mobaynida Kris o’zini juda ham “krutoy” qilib ko’rsatadi. Kamtarlik yetishmadi.

Kitobni ushbu havola orqali topsangiz bo’ladi. Kitobdagi bilimlarni xayotda qo’llasangiz hikoyangiz bilan bo’lishing!

Tamom.

Maqolaning qoramalarini o’qib chiqqani uchun Azimjon Po’latov, Azizbek Matchanov, Nuruddin Iminohunov va Ummatoy Yuldasheva ga rahmat!

Yangi postlar @TenxEngineer telegram kanalida e’lon qilinadi!

Savollaringiz bormi? Kelasi maqola uchun taklif bermoqchimisiz?
Taklif va savollarni darkhonbek.interview@gmail.com ga yozing!

--

--