Bir xil profil rasmini ishlatish foydalari

Darkhonbek Mamataliev
3 min readFeb 18, 2023

--

2019 yildan beri bir xil profil rasm ishlatib kelaman:

Darxonbekning 2019 yildan beri ishlatiladigan profil rasmi

Ushbu lavhada shu afzalliklarni yoritaman:

  1. Brending
  2. Professionallik
  3. Ishonch
  4. Qulaylik

Brending

Hamma onlayn profillaringizda bir xil rasm ishlating. Odamlar osonlikcha taniydigan shaxsiy brend yaratasiz.

Quyidagi rasmlarga qarang:

Bir qarashda ushbu kompaniyalarni tanisa bo’ladi. Ular doimiy tarzda bir xil logotip ishlatib kelishadi. Ongimizda kompaniya va logotip o’rtasida qattiq bog’liqlik paydo bo’lgan. Profil rasmi ham shunday ishlaydi. Odamlar ongida siz va rasmingiz o’rtasida bog’liqlik yaratiladi.

Endi tassavur qiling tepadagi kompaniyalar har oy logotip almashtirsa? Kompaniya brendi yo’qoladi. Online profilida tez-tez rasmini almashtiradigan odamlar ham huddi shu holatni eslatadi. Profil rasmingizni instagramga aylantirmang.

Profil rasmi = shaxsiy brend logotipi.

Professionallik

Onlayn ko’rinishni jiddiy qabul qilishingizni ko’rsatasiz. Sizning professional imidjingiz oshadi.

“Bu brat/opa ‘seryozniy’ ekan” fikri paydo bo’ladi.

Ishonch

Hamma onlayn profillarda bir xil rasmni ishlatish — akkauntlaringiz ishonchli ekanligini tasdiqlashga yordam beradi.

Tassavur qiling kimdir sizni onlayn qidirdi. Va bir nechta profil har xil rasmlar bilan chiqdi. Ularda ushbu profillar bitta odamga tegishli ekanligi haqida shubha paydo bo’ladi.

Barcha profillarda bir xil rasm ishlatib kelsangiz, ularning barchasi bitta eko tizimga tegishli ekanligini ko’rsatasiz. Va bu sizga bo’lgan ishonchni oshiradi.

Misol:

Qulaylik

Bir xil rasm ishlatib kelish qulay va vaqt saqlaydi. Yangi profil ochganda “Qanday rasm ishlatsam ekan?” deb boshni qotirmaysiz. Yangi rasmni tanlash va tahrirlashga vaqt sarflamaysiz.

Men ko’p tadbirlarga qatnashaman va onlayn jurnallarga intervyu beraman. Rasm so’rashganda ularga ham profil rasmimni yuboraman.

Yakun

Har doim bir xil rasm ishlating. Buning afzalliklari:

  1. Brending
  2. Professionallik
  3. Ishonch
  4. Qulaylik

Tamom.

Maqolaning qoramalarini o’qib chiqqani uchun Nuruddin Iminohunov, Ansora Bilolova va Azizbek Matchanov ga rahmat!

Bonus — #TenxEngineer challenge

Profil rasmlaringiz har xil bo’lsa, sizni #TenxEngineer challenge’ga taklif qilaman. Profil rasmingizga feedback olasiz. Shartlar quyidagicha:

  1. Barcha platformada bir hil rasm ishlating.
  2. Bu haqida LinkedIn yoki Instagram’da post yozing va ushbu maqolani bo’lishing.
  3. Post’da meni belgilang. Mening LinkedIn va Instagram akkauntlarim.

Fevral ohirigacha barcha ishtirokchilarning rasmiga feedback beraman. (Somebody help me translate feedback to uzbek.)

Yangi postlar @TenxEngineer telegram kanalida e’lon qilinadi!

Savollaringiz bormi? Kelasi maqola uchun taklif bermoqchimisiz?
Taklif va savollarni darkhonbek.interview@gmail.com ga yozing!

--

--